Kichin "Lokomotiv"ni tark etib, "Bars"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2025
Valeriy Kichin "Lokomotiv"dan ketdi.

Yarim yil oldin "temiryo'lchilar" safiga kelib qo'shilgan qirg'izistonlik himoyachi faoliyatini vatanida davom ettiradi. Kichin Qorako'l shahrining "Bars" klubi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda qirg'izistonlik sport jurnalisti Tengelbes Musaev o'z telegram kanalida ma'lum qildi.

Kichin "Lokomotiv" safda 13ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia