Kechagi "triller"ning eng yaxshi futbolchisi kim bo'ldi?

29 apr 2026, 07:49
Kecha UEFA chempionlar ligasining yarim finalidan o'rin olgan ilk uchrashuv bo'lib o'tdi.

Parijdagi bahsda PSJ va "Bavariya" o'zaro bahs olib bordi va uchrashuv mezbonlarning 5:4 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuv yakunidan so'ng UEFA rasmiy saytida bahsning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Bahsning eng yaxshi futbolchisi deb PSJ hujumchisi - Usmon Dembele tan olindi.

Ushbu bahsda Dembele ikkita gol urdi va yana bitta golga assistlik qildi.

Eslatib o'tamiz, javob uchrashuvi Germaniyada 6 may sanasida bo'lib o'tadi.

gettyimages-2273597286-2048x2048.jpg


Manba: UEFA.com