Katanets O'runov o'rniga "Neftchi" futbolchisini chaqirdi

Sherzod Nurmatov
10 noya 2024
Xabaringiz bor, bugun milliy terma jamoa futbolchisi Oston O'runov bu galgi yig'inda ishtirok etolmasligi ma'lum bo'lgandi.

O'FA matbuot xizmatiga ko'ra, murabbiylar shtabi tomonidan uning o'rniga "Neftchi" futbolchisi Azizbek Amonov jalb etildi.



Ma'lumot uchun, terma jamoa bugun tunda Dohaga yo'l oladi. Qatar – O'zbekiston uchrashuvi 14 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:15 da "Jassim bin Hamad" stadionida start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати