Karrager "Liverpul"ning Chempionlar Ligasidagi imkoniyatlari haqida bayonot berdi

Sherzod Nurmatov
30 yanv 2026
Beqaror kuz "Liverpul"ni top-4 uchun kurashayotgan jamoalar safidan chiqarib qo'ydi.

Katta ehtimol bilan keyingi mavsumda "Enfild" Chempionlar Ligasiga mezbonlik qilmasligi mumkin. Biroq jamoa afsonasi Jeymi Karrager bu muammoning o'ziga xos echimini topgan.

Sobiq yarim himoyachining fikricha, jamoa keyingi mavsumda Chempionlar Ligasiga yo'llanmani APLda top-4 uchun kurashishdan ko'ra joriy musobaqada g'alaba qozonish orqali qo'lga kiritishi osonroq.

"Slot mavsumning ikkinchi yarmini yaxshi o'tkazishi, Angliya Kubogida uzoqqa borishi, Chempionlar Ligasida ishtirok etishi va keyingi mavsum oldidan jamoada olg'a intilish hissini shakllantirishi kerak.

Menimcha, bu bahsli masala, ammo "Liverpul" bunga qodir. Mart yoki aprel oylarida shunday palla kelishi mumkinki, "Liverpul"ning Chempionlar Ligasini yutish imkoniyati APLda birinchi to'rtlik yoki beshlikka kirishdan ko'ra yuqoriroq bo'ladi", – dedi Karrager.

Chempionlar Ligasining asosiy bosqichi 8-turida "Liverpul" "Qarabog'"ni 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, to'g'ridan-to'g'ri top-8 jamoa qatoriga kirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com