

“O'ylashimcha, bu haqda gapirishga hali erta. Ayni vaqt endigina yilning yarmiga keldik, oldinda 6 oy, ko'plab uchrashuvlar va musobaqalar bor. Hozirgi kunda ushbu sovringa loyiqman, deyishdan foyda yo'q.
Bir necha yil oldin eng yaxshi TOP-10 nomzodlar qatoriga kirgandim va bu yoqimli edi. Biroq, uni yutish butunlay boshqa masala. Bu qoyilmaqom individual sovrin. Uni qo'lga kiritganlar esa faoliyati davomida aqlbovar qilmas yutuqlarga erishishgan”, deydi Kante.



