

Jek Rosserning xabariga ko'ra, ispaniyalik murabbiy Enco Fernandesni klubda saqlab qolishga qatiy qaror qilgan va shaxsan yarim himoyachini qolishga ko'ndirishga harakat qiladi. Shuningdek, Alonso himoyachining keyingi mavsumda "Chelsi"da qolishini taminlash uchun Mark Kukurelya bilan ham shunga o'xshash muzokaralar olib borish niyatida.

Avvalroq "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" Kukurelya uchun kurashga qo'shilgani haqida xabar berilgandi. Xabarlarga ko'ra, "Chelsi" ispaniyalik futbolchini taxminan 50 million evroga baholagan va bu darhol Yevropaning bir nechta grandlari e'tiborini tortgan.



