

O'zbekiston nomidan ushbu sovrin uchun terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, Eldor Shomurodov va sharhlovchi Davron Fayzievlar ovoz berishdi. Yakunda mukofotga Usmon Dembele loyiq ko'rildi. Quyida O'zbekiston nomidan berilgan ovozlar bilan tanishamiz.
Fabio Kannavaro birinchi o'ringa Usmon Dembeleni loyiq ko'rgan. Murabbiy ikkinchi va uchinchi o'rinlarga mos ravishda Lamin Yamal hamda Vitinyani joylashtirgan.
Eldor Shomurodov esa birinchi o'ringa Rafinyani qo'ygan. Ikkinchi o'rinda Usmon Dembele, keyin esa Lamin Yamal qayd etilgan.
Davron Fayzievning tanlovi esa quyidagicha: 1. Usmon Dembele, 2. Lamin Yamal, 3. Rafinya



