"Arsenal"ning ikki himoyachisi "Vest Xem" bilan o'yinda jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
11 may 2026, 16:20
"Vest Xem" 10 may kuni Premer-liganing 36-turi doirasida "Arsenal"ni qabul qildi va 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

O'yinning birinchi bo'limida angliyalik himoyachi Ben Uayt jarohat orttirib oldi va 28-daqiqada almashtirildi. Ingliz futbolchisi maydonni o'zi tark etolmadi va "kanonirlar" tibbiy xodimi yordam berdi.

Shuningdek, italiyalik futbolchi Rikkardo Kalafori ham to'qnashuvda shikastlangani uchun tanaffusda o'zgartirildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: London Evening Standard