Kabo-Verde murabbiyi Argentinadan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Biz mamlakatimizni dunyoga tanitdik"

4 iyul 2026, 08:03
Kabo-Verde terma jamoasi bosh murabbiyi Bubishta JCH-2026 1/16 finali doirasida Argentina terma jamoasidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (qo'shimcha vaqtda 2:3) o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz mamlakatimizni dunyoga tanitdik.

Jahon chempionlari bilan asosiy vaqtda ikki marta durang o'ynadik, bahsni qo'shimcha bo'limlargacha olib bordik... Oramizda eng ko'p faxrlanadigan jihatimiz - bu bizning futbolchilarimizdir. Biz o'yin uslubimizni ko'rsata oldik", - dedi Bubishta.

Jamoa turnirning asosiy vaqtida biror marta ham mag'lubiyatga uchramadi va guruh bosqichida uch bor durang qayd etdi - Ispaniya (0:0), Urugvay (2:2) va Saudiya Arabistoni (0:0).

1783134334551.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru