

O'yinning 29-daqiqasida hujumchi Lionel Messi himoyachi Lisandro Martinesning uzatmasidan so'ng argentinaliklarni oldinga olib chiqdi. Shu tariqa, Argentina terma jamoasi jahon chempionatlaridagi ketma-ket sakkizinchi o'yinida birinchi bo'limda gol urishga muvaffaq bo'ldi - bu yangi jamoaviy rekorddir.
Argentina JCH-2026ning 1/8 finaliga yo'l oldi. Turnirning keyingi bosqichida amaldagi jahon chempionlari Misr bilan to'qnash kelishadi. Kabo-Verde terma jamoasi esa musobaqani tark etdi.
Jahon chempionati 1/8 finali doirasidagi Argentina va Misr terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv AQSHning Atlanta shahridagi "Mersedes-Benc Stedium" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin seshanba kuni, 7 iyulga rejalashtirilgan.


