

Guruh bosqichi 1-tur doirasida Serbiya - Angliya ro'baro kelishdi. Ushbu o'yin vaqtida kosovolik jurnalist serbiyalik muxlislar tomon qayrilgan va qo'llari bilan ikki boshli burgutni ifodalagan. Serbiya Futbol Federatsiyasi vakili (SFF) Milan Vukovich UEFAdan Arlind Sadikni provokacion harakati uchun chetlatishni so'radi.
Ma'lum qilinishicha, Sadik o'zining harakatlari professional jurnalistga to'g'ri kelmasligini tan olgan va aslida hech kimni kamsitmoqchi bo'lmaganini ma'lum qilgan. Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqlarda o'lim bilan tahdid qilishganini aytgan.



