"Real" "Manchester Siti" himoyachisini sotib olmoqchi

6 may 2026, 08:45
"Real" "Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiolga qiziqish bildirmoqda.

"Qaymoqrangliklar" xorvatiyalik futbolchini bir necha yildan beri kuzatib kelmoqda va uni jamoa himoyasini mustahkamlay oladigan o'yinchi deb hisoblaydi. Bu haqda Jutarnji nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "shaharliklar" 24 yoshli futbolchini saqlab qolishni xohlaydi va unga 2033 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Hozirgi shartnomasi 2028 yil yozigacha bo'lib, unga ko'ra yillik maoshi 12,3 million evroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda Gvardiol barcha turnirlarda 23 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 70 million evro.


Manba: Jutarnji