

Kuni kecha "Al Nacsr"ning 41 yoshli forvardi Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushmasligini bilgach, Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etgan edi. shuningdek, u Norvegiya bilan o'yinda zaxiradan maydonga tushirilmaganidan ham norozi bo'lgani xabar qilingandi. Keyinchalik Krishtianu bayonot e'lon qilib, "barcha haqiqatni aytib berishga" vada berdi. Mish-mishlarga ko'ra, hujumchi milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.
"Men hammasini oxirgi o'yindan so'ng tushuntirib beraman. Men futbolda ko'p yillardan beri borman va vaziyatni yomonlashtiradigan hech qanday ish qilmaganimni bilaman.
Norvegiyaga qarshi o'yindan so'ng buni muhokama qilamiz. Men yashirinmayman yoki bundan qochmayman.
Hech kim Krishtianuning kim ekanligini va erishgan yutuqlarini tortib ololmaydi. U - afsona va bu narsa muhokama qilinmaydi", - dedi Jezushning so'zlarini Marca nashri.



