Lionel Skaloni Argentina terma jamoasining yangi sardorlarini e'lon qildi

2 okt 2026, 09:35
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messidan so'ng terma jamoani kim sardor sifatida olib tushishini e'lon qildi.

Endi jamoani maydonga "Atletiko" himoyachisi Kristian Romero boshlab tushadi. Ikkinchi sardor Emiliano Martines bo'ladi va uchinchi sardor Lautaro Martines tanlandi.

28 yoshli himoyachi Argentina terma jamoasi safida 59 ta bahsda maydonga tushgan. Uning hisobida 5 ta gol va 2 ta assist bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: @uz_eksport