Jennaro Gattuzo Italiya termasi bilan shartnoma tuzadi. Uning yordamchilari kim bo'lishi ma'lum

Khoja
14 iyun 2025
47 yoshli mutaxassis Italiya termasi bilan 1+1 ko'rinishda shartnoma imzolaydi.

Agar Gattuzo terma jamoani JCHga olib chiqsa, shartnoma avtomatik tarzda yana 1 yilga uzaytiriladi. Unga terma jamoada Leonardo Bonuchchi va Andrea Barcali yordam berishi kutilmoqda. Bu haqida Sport Mediaset nashri xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, Gattuzo 5 iyun kuni “Xayduk“ bilan shartnomani bekor qilgandi.


KhojaMuallif
Manba: Sport Mediaset