JCH-2026 Yevropa pley-off bosqichiga qur'a tashlandi: ikkita mundialni o'tkazib yuborgan Italiya Shimoliy Irlandiya bilan to'qnashadi

Sherzod Nurmatov
20 noya 2025
Yevropada ham JCH-2026 pley-off bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Pley-offda 16 ta terma jamoa to'rtta yo'lga bo'lindi. Uchrashuvlar mart oyiga rejalashtirilgan.

Pley-off uchrashuvlari bir o'yindan iborat yarim final, so'ngra bir o'yindan iborat final formatida bo'lib o'tadi, unda Yevropadan Jahon chempionatining so'nggi to'rtta ishtirokchisi aniqlanadi.

Demak, qur'a natijalari bilan tanishing:

Yevropa pley-off bosqichi

A yo'l

1/2 final

Italiya – Shimoliy Irlandiya

Uels – Bosniya va Gertsegovina


B yo'l

1/2 final

Ukraina – Shvetsiya

Polsha – Albaniya


S yo'l

1/2 final

Turkiya – Rumyniya

Slovakiya – Kosovo


D yo'l

1/2 final

Daniya – Shimoliy Makedoniya

Chexiya – Irlandiya

Avvalroq JCH-2026 Qitalararo pley-off bosqichiga qur'a tashlangan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia