JCH-2026 da O'zbekiston milliy terma jamoasi qarorgohi qayerda bo'lishi ma'lum

Aslanov Jasurbek
4 mar 2026
O'zbekiston milliy terma jamoasining bo'lajak Jahon chempionatidagi qarorgohi va mashg'ulotlar bazasi tasdiqlandi.

Mundial davomida vakillarimiz AQSHning Atlanta shahrida istiqomat qilishadi.

O'zbekiston qarorgohi:

Milliy jamoamiz Atlanta shahrida joylashadi va barcha mashg'ulotlarni Atlanta Yunayted klubiga qarashli bazada olib boradi.

Raqiblarimiz qayerda?

Guruhimizdagi jamoalarning lokaciyalari ham ma'lum:

Portugaliya - Palm-Bich-Gardens (Palm Beach Gardens) shahriga joylashadi.

Kolumbiya - Kolumbus (Columbus) shahriga joylashadi.

FIFA tizimi qanday ishlaydi?

Qayd etish joiz, turnir davomida FIFA tomonidan jami 61 ta lokaciya tanlangan bo'lib, ular musobaqa ishtirokchilarining istiqomat qilishi va mashg'ulot o'tkazishi uchun mo'ljallangan. Bazalarga joylashtirish jarayoni terma jamoalarning o'yinlari o'tkaziladigan shahar va stadionlar geografiyasidan kelib chiqib belgilanadi.

Guruh bosqichi uchrashuvlari davomida ishtirokchilar boshqa shaharlarga maxsus charter reyslari orqali yetib borib, o'yin yakunlangach o'z bazasiga qaytib kelishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz