“Liverpul” Saloh o'rniga ispan futboli yulduzini olib kelmoqchi

Sherzod Nurmatov
25 may 2026, 17:40
Ispaniya terma jamoasi va "Atletik" Bilbao vingeri Niko Uilyams faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "El Nacional" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Liverpul" Uilyamsni sotib olmoqchi. Futbolchi mavsum oxirida "Enfild"ni tark etadigan misrlik Muhammad Salohning o'rnini bosishi mumkin.

2.jpg

23 yoshli o'yinchi 2025/2026 yilgi mavsum La Liganing 25 o'yinida 6 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.

Uilyamsning basklar bilan shartnomasi 2035 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Uning bozor qiymati 50 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional