

Yani o'z saralash guruhlarida ikkinchi bo'lgan 8ta terma jamoa 4ta juftlikka ajratiladi va 4ta yo'llanma uchun kurash olib borishadi.
17 oktyabr kuni Cyurix shahrida pley-off bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirni ispaniyalik sobiq futbolchi Fernando Yerro hamda ESPN telekanali boshlovchisi Vanessa Xappenkazen olib borishadi.
Qur'a tashlash marosimi 17 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Pley-offga quyidagi jamoalar yo'l olishgan: Shvetsiya, Shveytsariya, Shimoliy Irlandiya, Irlandiya, Daniya, Italiya, Gretsiya, Xorvatiya





