JCH-2018. Saralash bosqichi. Gruziya Irlandiya bilan durang o'ynadi, Serbiya Moldavani yirik hisobda engdi

3 sen 2017, 00:53
JCH-2018 saralashining 7-turida Gruziya termasi Tibilisidagi “Dinamo-Arena”da irlandlar bilan murosaga imzo chekdi.

Bellashuvning 4-daqiqasida Sheyn Daffi hisobni ochgan bo'lsa, 34-daqiqada Valeriy Kazishvili muvozanatni tikladi.

Ushbu bellashuv bilan parallel vaqtda o'tayotgan Serbiya-Moldova qarama qarshiligida  kutilganidek mezbonlar uch ochkoni qo'lga kiritishdi. Serblarning gollariga Gachinovich, Kolvarov va Mitrovich mualliflik qilishdi.

JCH-2018 - Yevropa.  D guruhi. 7- tur

Gruziya 1 : 1 Irlandiya

0:1 – Daffi – 4, 1:1 – Kazaishvili – 34

Serbiya 3 : 0 Moldaviya

1:0 – Gachinovich – 20, 2:0 – Kolarov – 30, 3:0 – Mitrovich – 81

D guruhidagi vaziyat:

1. Serbiya – 15 ochko (7 o'yin);

2. Irlandiya – 13 (7);

3. Uels – 8 (6);

4. Avstriya – 8 (6);

5. Gruziya – 4 (7);

6. Moldaviya – 2 (7).



Manba: championat.asia