Jasur Hasanov: “Ishonchli g'alabaga erishdik va bundan xursandmiz”

Narzulla Saydullayev
27 sen 2017
Oliy liganing 19-tur doirasida “So'g'diyona” o'z maydonida “Nasaf” ni qabul qildi. O'yin 0:3 hisobida “ajdar”lar foydasiga yakunlandi.

O'yindan so'ng Jizzax futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, hozirda “Nasaf” jamoasida to'p tepayotgan futbolchi Jasur Hasanov bahs borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Uchrashuv qiziqarli o'tdi . Bugungi o'yinda uch ochko olish muhim edi. Ishonchli  g'alabaga erishdik va bundan xursandmiz. “So'g'diyona” jamoasiga keyingi turlarda  faqat omad tilayman. O'ylaymanki, jamoaning g'alabali o'yinlari hali oldinda.

Dildora Xolboeva
Jizzax shaxridan maxsus



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia