Janubiy Koreya biz bilan o'yindan oldin yana bitta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Xayrulla Xoliqov
2 okt 2026, 15:39
Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Endi navbatdagi o'yinni 6 oktyabr kuni mehmonda Janubiy Koreyaga qarshi o'tkazamiz.

Raqibimiz Janubiy Koreya biz bilan o'yingacha yana bitta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Koreyaliklar bugun Toshkent vaqti bilan 16:00da Venesuelaga qarshi bahs olib borishadi.

Ma'lumki, Janubiy Koreya ushbu FIFA kunlarida ikkita nazorat bahsi o'tkazib, 24 sentyabr kuni Ekvadorni 3:0 hisobida mag'lub etdi va oradan to'rt kun o'tib Urugvay bilan kechgan bellashuvda 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Har ikkala bellashuv Seuldagi muhtasham "Seoul World Cup Stadium" o'yingohida o'tkazildi.

Janubiy Koreya – Ekvador uchrashuvida O Xyun Gyu hisobni ochgan bo'lsa, keyinchalik jamoa sadori Son Xyong Min jarima zarbasidan to'g'ri darvozani ishg'ol qildi. O'yin tugashiga to'rt qolganida Li Dong Gyong hisobning 3:0 bo'lishini taminladi. Bu o'yinni 44 ming muxlis stadionda kuzatib bordi.

3.jpg

28 sentyabr kuni o'tkazilgan Urugvay bilan bahsda koreyaliklar umuman o'zlarini ko'rsata olishmadi. 1:4 hisobida yakuniga bellashuvda yana jamoa sardori Son Xyong Min to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Ma'lumot uchun, ushbu uchrashuvni ko'rish uchun stadionga 66 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurdi.

Eslatib o'tamiz, hozirda Janubiy Koreya terma jamoasini 49 yoshli ispaniyalik murabbiy Robert Moreno boshqaryapti.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: Championat.asia