Ivan Boshkovich "Bunyodkor"ga tanish-bilish orqali keldimi? Mutaxassis vaziyatga izoh berdi.

Абдулвосит Бектемиров
5 sen 2026, 17:51
"Bunyodkor" yangi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich klubga qanday kelgani haqida aytdi.

- "Bunyodkor" rahbari Murod Alievning o'g'li Ulug'bek Boqiev sizning assistentingiz hisoblanadi. Ivan Boshkovich "Bunyodkor"ga tanish-bilishchilik orqali keldi degan gap-so'zlar bo'yicha qanday fikrdasiz?

- Har doim gap-so'zlar bo'ladi. Men o'z ishim bilan shug'ullanaman. Biz murabbiylar, natijaga bog'langanmiz. Natija yaxshi bo'lmasa ishimizni yo'qotamiz. Odamlar gapiraveradi. Men "Bunyodkor"da yaxshi natijalarga erishishimga ishonaman. Kim nima desa deyaversin, menga umuman qizig'i yo'q.

- Demak, sizning "Bunyodkor"ga qaytishingizga shtabingizda faoliyat yuritadigan Ulug'bek Boqiev va "qaldirg'ochlar" rahbari Murod Alievning aloqasi yo'qmi?

- Ulug'bek Boqiev yaxshi mutaxassis bo'lgani uchun biz olti yildan beri birga ishlab kelyapmiz. Olti yildan beri birgamiz. U yaxshi mutaxassis bo'lgani uchun men u bilan birga ishlayotgandirman? Boqiev bizga hali ko'p yordam beradi.

boqiev.jpg

O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif