

Bu haqda "qaymoqranglilar" yangiliklariga ixtisoslashgan COPE jurnalisti Araxna Rodriges yozmoqda.
Ispaniya grandi jurnalisti Pepe Alvares ham xuddi shu poziciyada.
Avvalroq "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres o'zi 150 million evro to'lashga tayyor bo'lgan futbolchi yarim himoyachi yoki hujumchi poziciyasida o'ynashini, shu bilan birga Angliya chempionatida ishtirok etmasligini takidlagan edi.
Yakunlangan mavsumda Nevesh barcha turnirlarda 38 ta o'yinda ishtirok etib, ettita gol va to'rtta golli uzatma bilan yodda qoldi. Amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 140 million evroni tashkil qiladi.



