Ispan klubi "Al Nasr" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
15 noya 2019, 15:36
BAAning "Al Nasr" klubi hujumchisi Alvaro Negredo Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, ispaniyalik forvard "Almeriya"ning bosh transfer maqsadlaridan bo'lib turibdi.

Negredo 2007-2009 yillarda ham "Almeriya"da o'ynagan.

34 yoshli futbolchi "Al Nasr" va "Almeriya"dan tashqari "Rayo Valekano", "Real", "Sevilya", "Manchester Siti", "Valensiya", "Midlsbro" va "Beshiktosh" klublarida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: Marca