Islom Qobilov: "Inobatga olinmagan golimizda ofsayd chizig'ini qanday chizishgani tushunarsiz"

Оқил Абдубарноев
25 apr 2026, 20:04
"So'g'diyona" himoyachisi Islom Qobilov "Navbahor"ga qarshi o'yindan so'ng jamoasining inobatga olinmagan goli haqida fikr bildirdi.

"Hakamlar bitta golimizni hisoblashmadi. Ofsayd chizig'i qanday chizilgani borasida savollar bor. O'yindan keyin takroriy vaziyatni ko'rib, butunlay boshqa manzaraga guvoh bo'ldik. Tushunarsiz holat", dedi 28 yoshli futbolchi.

Eslatib o'tamiz, 1:1 hisobi qayd etilgan uchrashuvning 52-daqiqasida jizzaxliklar himoyachisi Filip Ivanovich raqib darvozasini ishg'ol qilgandi. VAR tekshiruvidan so'ng uning goli o'yindan tashqari holat sababli inobatga olinmagandi.

Snimok ekrana 2026-04-25 200245.png


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia