"Barselona" "Manchester Yunayted" himoyachisini o'z safiga qo'shib olishi mumkin

27 noya 2026, 10:40
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Eyden Xeven ijara asosida boshqa klubga o'tishga tayyor.

20 yoshli futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda ESPN nashri The Sun'ga tayanib xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar"dan tashqari Xevenga "Fulxem" ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Xeven barcha turnirlarda sakkizta uchrashuvda maydonga tushdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 30 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar

Manba: The Sun