

"Jiddiy jarohatlarni olgan davrim bo'ldi.Mareska qo'l ostida son mushaklarimni ikki marta shikastlab oldim. Futbolni tashlamoqchi bo'lgan paytlarim edi. Bu haqiqat, chunki hayotimda ortiq baxtli bo'lmay qolgan nuqtaga yetib kelgandim. Bu shunchaki jarohatlardan, maydonga tushmayotganimdan ham ortiq edi. Men avvalgi inson emasdim.
Bu menga juda qattiq ta’sir qildi va og'riq berdi. Men faqat jarohat olishda davom etishimga, futbol men uchun emasligiga chin dildan ishonib qolgandim. Abu Diabining misolini esladim. O'z avlodimning Diabisiga aylanaman deb o'yladim. Kimdir shunday futbolchi bo'lishi kerak. Ko'rinishidan, bu mening taqdirim.
Buni qabul qilaman deb o'yladim. Og'riqli bo'ladi, axir orzumdan ayrilaman. Agentlarim bilan o'tirib, ularga: "Ha, shunday, men futbolni tashlayman", - dedim. Shundan so'ng ular men bilan shartnoma va shunga o'xshash narsalar haqida gaplasha boshlashdi.
Ular shunday deyishdi: "Nima bo'lganda ham hammasi oddiy: shartnomang bo'yicha hali shuncha yil va ishlab topish kerak bo'lgan shuncha pul bor. Hatto futbolni tashlamoqchi bo'lsang ham, har kuni kelib, tabassum qilib yurishing mumkin. Jarohat olgan paytingda zaxira o'rindig'ida qolasan, lekin sening shartnomang bor. Uni hech bo'lmaganda kelajaging uchun ishlab berishing shart". Ha, bunda mano bor edi", - deya Fofananing so'zlarini keltiradi Football.London ZackNaniTV'ga tayanib.



