Iroq U-20 yetakchisi Ali Jassim: "Bu – tarixiy natija"

Sherzod Nurmatov
11 mar 2023
U-20 Osiyo Kubogi chorak finali doirasidagi Eron – Iroq (0:1) o'yinidan keyin uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Ali Jassim fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida fikrlaringiz...

- Birinchi navbatda, barcha jamoadoshlarim va terma jamoa ishchilariga rahmat aytaman. Bizning g'alabamiz iroqliklarga sovg'a. Biz g'alabaga loyiq edik. Haqli ravishda Jahon chempionatiga yo'l oldik. Bu – tarixiy natija.

- Bugungi gol faoliyatingizdagi eng muhimi bo'ldimi? 

- Ha, shubhasiz, bugungi gol hayotimdagi eng muhimi, chunki bugun men Iroq terma jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqdim. Ushbu vazifani mening zimmamga yuklagani uchun Yaratganga rahmat aytaman.

- Bugungi xursandchilikdan so'ng keyingi uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko'rasizlar? Bugungi xursandchilikdan keyin jamoa keyingi uchrashuvda ruhan kuchsizlanib qolmaydimi?

- Yo'q, chunki biz Kubok uchun bu erga kelganmiz. Ertadan boshlab yarim final bahsiga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia