Iroq. Sherzod Temirovning goli peshqadam bilan o'yinda jamoasiga ochko keltirdi

24 apr 2026, 00:36
Bugun Iroq chempionatining 30-turi doirasidagi uchrashuvlar o'tkazildi.

Unda peshqadam “Al Quva Al Javiya” maydoniga safar uyushtirgan “Arbil” jamoasi 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Arbil safida o'zbekistonlik futbolchilar Marlen Chobanov va Sherzod Temirov asosiy tarkibda maydonga tushishdi.

Temirov bugun mavsumdagi o'zining 23-golini urdi.

“Al Quva Al Javiya” - “Arbil” 1:1
Gollar:
Umar Aminu (60) - Sherzod Temirov (29).


Manba: championat.asia