

Manba bergan xabarga ko'ra, Italiyaning ikki klubi yozgi transfer oynasida 21 yoshli angliyalik futbolchini qo'lga kiritishga harakat qilish niyatida.
2022/23 yilgi mavsumda Balogun "Reyms" safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mavsum oxirida futbolchi "Arsenal"ga qaytishi kerak bo'ladi.
Transfermarkt portali forvardning narxini 14 million evroga baholamoqda.



