"Inter" feyr-pley qoidalariga amal qilish uchun, yanvarda 5 nafar futbolchi bilan xayrlashadi

Aslanov Jasurbek
16 dek 2015
"Inter" rahbariyati yanvar oyida jamoaning maosh miqdorini kamaytirmoqchi.

Ma'lum bo'lishicha, nerazzurilarning UEFA feyr-pley moliyaviy normasidagi harajatlari 7 mln. evroga oshib ketgan, shu sababli ular 5 futbolchi bilan xayrlashmoqchi. "Inter" futbolchilarni sotish yoki ijaraga berish yo'llarini ko'rib chiqmoqda. Qishda Milan klubini himoyachi Dodo, yarim hiomyachi Assan Nyukuri va albaniyalik hujumchi Reyu Manay tark etishi mumkin.

Bundan tashqari, "Inter" "Barselona" bilan Martin Montoyyaning ijara shartnomasini bekor qilishga kelib olishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport