

Futbolchi Luka Modrichga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.

"Neradzurri" futbolchini kamida 60 million evroga baholamoqda. Yangi o'yinchilar uchun anchagina mablag' sarflab bo'lgan "qirollik klubi" uchun bu katta summa.
Ayni paytda yarim himoyani kuchaytirish "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xabi Alonso uchun ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Mutaxassis jamoani kuchaytirish borasida rahbariyatga o'z talablarini qo'ygan.
Barella 2019 yildan buyon "Inter"da o'ynab kelmoqda. 28 yoshli xavbek o'tgan mavsum barcha turnirlarda 56 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



