

Eslatib o'tamiz, Vanda Nara iyulda "Galatasaroy"ning argentinalik hujumchisi bilan xayrlashganini e'lon qilgandi.
Jurnalist Diego Borinskining xabariga ko'ra, forvard rafiqasi bilan munosabatlarni tiklash uchun Argentina chempionatiga qaytishga tayyor.
"Men Ikardiga yaqin insonlar bilan gaplashdim. Mauro Vandani qaytarmoqchi. U puldan va Yevropadagi kareradan voz kechishga tayyor.
Bugun Vanda va ularning qizlari Buenos-Ayresda yashamoqda, bu ular bilan birga bo'lishning yagona yo'li. Bu "River Pleyt"ga yo'l ochishi mumkin. Ehtimol, ijaradir?", – deb yozdi Borinski.



