IFAB VAR ishi va penaltilar ijrosiga oid qoidalarni o'zgartirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2025
Jahon futboli qoidalarini tartibga soluvchi Futbol associaciyalari xalqaro kengashi (IFAB) videohakamlarning vakolatlarini kengaytiradi.

Bu haqda "The Times" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, VARdagi hakam yordamchilariga burchak zarbasi belgilash va ikkinchi sariq kartochka uchun o'yindan chetlatish epizodlariga aralashishga ruxsat berish masalasi ko'rib chiqilmoqda.

Shuningdek, penalti ijrosining bir jihati o'zgartirilishi mumkin. Agar darvozabon zarbani qaytarsa va hujum qilayotgan jamoaga zarba berishga imkon bermasa, o'yinni to'xtatish taklif qilinadi.

Videohakamlar faoliyatiga oid qoidalarga o'zgartirishlar kiritish bo'yicha muhokamalar allaqachon o'tkazilgan, biroq ular 2026 yil mart oyida IFABning yillik yig'ilishida tasdiqlanishi kerak bo'ladi. Qoidalardagi har qanday o'zgarishlar 1 iyundan, Amerika Qo'shma Shtatlari, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha Jahon chempionati boshlanishidan oldin kuchga kiradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times