

Bu haqda jamoa bosh direktori David Melik-Guseynov ma'lum qildi.
“Biz Superligada ishtirok etish uchun ariza topshiramiz. Buning uchun turnir eshigini taqillatib ko'ramiz”, - deb yozdi Melik-Guseynov.
Ayni vaqtda Nijniy Novgorod klubi Rossiya chempionatida 24 ochko jamg'argan holda to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi.
Yevropa Superligasi 2025 yilda boshlanishi kutilmoqda. Turnirda 64 ta klub ishtirok etishi mumkin.



