Ibrohim Shokirov: "Barcha darvozabonlar penaltiga olib keladigan xato qilayotganini ko'rganman"

Alisher Ostonov
11 noya 2025, 21:52
O'zbekiston U17 darvozaboni Ibrohim Shokirov Panamaga (6:1) qarshi bahsdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Birinchi bo'limda qiynaldik. Tanaffusda bosh murabbiyimiz yaxshigina motivaciya berdi va maydonga qaytib barchasini namoyish etdik" - dedi Ibrohim Shokirov bugungi yakunlangach.

"Chigil yozdi mashg'ulotlariga qadar hayajon bor edi, ammo o'yin davomida barchasi o'z o'rniga tushib ketdi. Highlightsda ushbu musobaqadagi barcha darvozabonlar penaltiga olib keladigan xato qilayotganini ko'rgandim. Men ham shunday xato qilmasam bo'lgani degan xayol bor edi, ammo o'zim ham xatoga yo'l qo'ydim(kuladi). Yaxshiyamki gol bo'lmadi.

Penalti qaytarishdan ota-onamni xursand qilishim kerakligi haqida o'ylagandim. Birinchi o'yinim edi. Shukr, barchasi yaxshi bo'ldi", - dedi darvozabon qaytarilgan penalti haqida.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia