

"Sokari Kingsli mashg'ulotda jarohat olib ma'lum muddatga safdan chiqdi. Katta ehtimol bilan Elit OCHLning dastlabki ikki turini o'tkazib yuboradi", – deyiladi xabarda.
"Nasaf" 30 yoshli Kingslini transfer oynasining so'nggi kunida safiga qo'shib olgan edi. U jamoa bilan 1 yillik shartnoma tuzgan.
E'tiborlisi, xavbek hali "Nasaf" tarkibida maydonga tushib ulgurmagan.
Ma'lumot o'rnida, qarshiliklar 15 sentyabr kuni Elit OCHL 1-turida "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) mehmoni bo'lsa, 29 sentyabrda o'z uyida Osiyo grandi "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)ni qabul qiladi.



