

"Manchester Siti" "Nottingem Forest"ni mag'lub etdi (2:0) va Angliya kubogi finaliga yo'l oldi. Ushbu turnirda jamoalar Mitre Sports to'pi bilan o'ynashmoqda.
"Ikkinchi bo'limda "Forest" biroz kuchliroq bosim o'tkazishini bilardik. Bir necha bor to'pni yo'qotdik, charchoq borligi ko'zga tashlanib turardi.
Ikkala jamoaga ham to'pni, uning sakrashini nazorat qilish qiyin bo'ldi. U juda tez.
Biz buni uddaladik va men yana Angliya kubogi finaliga chiqqanimdan juda xursandman", - dedi "shaharliklar" ustozi.



