Gvardiola "Manchester Siti"dagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi

16 may 2026, 10:54
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola kelajagi haqidagi savolga javob qaytardi.

"Aslo, hali shartnomamning yana bir yili bor. Ishqibozlarga mening ketishimni kutishlari shart emas. Ular bu yerda menga hammasi yoqayotganini bilishadi. O'tgan 10 yil ichida 19 marotaba sovrin va unvonlarni qo'lga kiritish - bu yomon natija emas. Shunday ekan, 10 yil ichida 20- bor g'alaba qozonish - rostini aytsam, bu umuman yomon ko'rsatkich bo'lmaydi", - dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, Gvardiola 2016 yilning yozidan beri "shaharliklar"ni boshqarib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'jallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: @footbalekspress1