

Myunxenning "Bavariya" jamoasi ustidan qozonilgan o'ta gollarga boy va dramali g'alaba (5:4) ispaniyalik mutaxassis uchun turnirdagi yubiley 50-g'alaba bo'ldi.
Eng asosiysi, Enrike ushbu ko'rsatkichga eng qisqa vaqt ichida erishgan murabbiyga aylandi. Unga 50 ta g'alaba uchun bor-yo'g'i 77 ta o'yin kifoya qildi.
Bu boradagi avvalgi rekord "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiolaga tegishli edi. Pep o'z vaqtida 50 ta g'alabani qo'lga kiritish uchun 80 ta uchrashuv o'tkazgan.
YCHLda 50 ta g'alabaga eng tez erishgan murabbiylar:
Luis Enrike - 77 ta o'yin;
Pep Gvardiola - 80 ta o'yin.



