

“Bu endi bizning qo'limizda emas. Avval shunday edi, endi yo'q. Bizda hali o'yinlar bor. Ko'ramiz, nima bo'lishini", - dedi Gvardiola BBC nashriga.
Mavsum tugashiga uch tur qolganida "Manchester Siti" 71 ochko bilan 2-o'rinda. Turnir jadvalini 76 ochko bilan "Arsenal" boshqarmoqda. "Shaharliklar"ning bir o'yin zaxirasi bor.
Angliya chempionatining navbatdagi turida "Manchester Siti" "Brentford" bilan, "Arsenal" esa "Vest Xem" bilan uchrashadi.



