“G'ijduvon”da rahbariyat o'zgardi. O'zbek futbol mashhur futbolchilari Fuzaylovga yordamchi bo'ldi

Khoja
27 yanv 2024
Yangi mavsumda Pro-liga bahslarida munosib qatnashishni maqsad qilgan "G'ijduvon" futbol klubida bir qator o'zgarishlar bo'lib o'tdi.

Jamoa bosh direktori sifatida Bobur Qodirov faoliyat olib boradigan bo'ldi. Hakim Fuzaylov jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi. Tojikistonlik mutaxassisga o'zbek futbolining sobiq yulduzlari Akmal Xolmatov va Ro'zimboy Ahmedov yordam beradi.

Jamoa rahbariyati bilan tanishing:

Klub bosh direktori: Bobur Qodirov

Direktor o'rinbosari: O'tkir Qodirov

Direktor maslahatchisi: Shuxratmirzo Madjitov

Sport direktor: Akmal Choriev

Xavfsizlik bo'limi boshlig'i: Bahodir Yahyoev

Bosh murabbiy: Hakim Fuzaylov

Yordamchi murabbiylar: Rahmatillo Fuzaylov, Akmal Xolmatov, Suxrob Qobilov, Ro'zimboy Ahmedov

Darvozabonlar murabbiyi: Aleksandr Kit.


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/gijduvanfc