Geye PSJni "Nyukasl"ga almashtirishi mumkin

Alisher
1 fev 2021
PSJ yarim himoyachisi Idrissa Geye qishda Angliya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

Futbolchini "Nyukasl" o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi, klub xavbekni joriy mavsumning so'nggiga qadar ijaraga olishga tayyor.

Geyening o'zi parijliklar safida o'ynashni davom ettirmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Yarim himoyachi joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira