

Futbolchi Londonda qolishga qaror qildi.
“Menga terma jamoada bo'lishim, ammo o'yinlarda qatnashmasligimni aytishgandi. Shu munosabat bilan Londonda qolib, mashg'ulotlarni davom ettirishga qaror qildim.
Lekin Germaniya terma jamoasida o'ynash – men uchun sharaf. Bu mening maqsadim bo'lib qoladi", – dedi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Leno so'nggi bor Germaniya terma jamoasida 2021 yil sentyabr oyida o'ynagan. Umuman olganda, 32 yoshli darvozabon terma jamoa safida 9 o'yin o'tkazgan.
Germaniya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasida Bosniya va Gertsegovina (11 oktyabr) va Niderlandiya (14 oktyabr)ga qarshi o'yinlar o'tkazadi. Bundestimning bo'lajak uchrashuvlar uchun qaydnomasi avvalroq e'lon qilingan edi.



