Gavi: "Argentina bilan o'yinda chalqancha uslubda gol urishni doim orzu qilganman"

10 iyul 2026, 13:25
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Gavi o'z orzusidagi gol va JCH-2026 finalida qaysi jamoa bilan to'qnash kelishni istashi haqida gapirib berdi.

"Men doim jahon chempionati finalida gol urishni xohlashimni aytganman... Agar tanlash imkoniyati bo'lganida, Argentinaga qarshi o'yinda chalqancha uslubda (akrobatik tarzda) gol urishni orzu qilardim (kuladi). Ammo bu shunchaki orzular, ular ushaladi deb umid qilaman. Raqibga kelsak, Messi sababli Argentinani aytgan bo'lardim, lekin finalga chiqsak, kimga qarshi o'ynashimizning menga farqi yo'q", - deya Gavining so'zlarini Cadena SER nashri keltiradi.

Jahon chempionati 2026 yilgi mavsumining 1/4 finalidan o'rin olgan Ispaniya va Belgiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 10 iyul kuni bo'lib o'tadi. O'yin "Sou-Fay" (Inglvud, AQSH) stadionida o'tkaziladi. Uchrashuvda angliyalik Maykl Oliver bosh hakam sifatida faoliyat yuritadi. Hakamning startoviy hushtagi Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da chalinadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Cadena SER