Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasining hal qiluvchi bosqichi uchun qaydnomasini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
30 sen 2021
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham milliy jamoaning UEFA Millatlar ligasi asosiy bosqichi qaydnomasiga kiritgan futbolchilar nomi ma'lum bo'ldi.

Darvozabonlar: Ugo Loris ("Tottenxem"), Benua Kostil ("Bordo"), Mayk Menyan ("Milan").

Himoyachilar: Lyuka Din ("Everton"), Leo Dyubua ("Lion"), Teo Ernandes ("Milan"), Lyuka Ernandes, Benjamen Pavar, Dayo Upamekano ("Bavariya"), Presnel Kimpembe (PSJ), Jyul Kunde ("Sevilya"), Rafael Varan ("Manchester Yunayted").

Yarim himoyachilar: Matteo Genduzi ("Marsel"), Pol Pogba ("Manchester Yunayted"), Adrien Rabo ("Yuventus"), Jordan Veretu ("Roma"), Orelen Tchuameni ("Monako").

Hujumchilar: Vissam Ben-Yedder ("Monako"), Karim Benzema ("Real Madrid"), Mussa Diabi ("Bayer"), Antuan Grizmann ("Atletiko"), Antoni Marsyal ("Manchester Yunayted"), Kilian Mbappe (PSJ).


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uk.fff.fr