France Football yilning eng yaxshi darvozaboni bo'lish uchun nomzodlarni taqdim etdi

Administrator
7 sen 2023
Fransiyaning mashhur France Football nashri yilning eng yaxshi darvozaboniga beriladigan Lev Yashin sovrini uchun nomzodlarni e'lon qildi.

Ro'yxatdan Tibo Kurtua (Real), Yassin Bunu (Sevilya), Mayk Menyan (Milan), Mark-Andre ter Shtegen (Barselona), Ederson (Manchester Siti), Andre Onana (Manchester Yunayted), Aaron Remsdeyl (Arsenal), Emiliano Martines (Aston Villa), Dominik Livakovich (Fenerbaxche) va Bris Samba (Lans) o'rin olgan.


AdministratorMuallif
Manba: France football