Fors Ko'rfazi Kubogi-2023. Finalchilar ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
17 yanv 2023, 08:15
Iroqda 25-marotaba tashkil qilingan Fors Ko'rfazi Kubogi musobaqasi o'zining yakuniy pallasiga yetib keldi.

Yarim finalda Ummon 1:0 hisobida Bahrayndan ustun keldi. Mezbonlar esa Qatarni 2:1 natijasi bilan taslim etishdi.

Shu tariqa, 19 yanvar kungi finalda Iroq hamda Ummon termalari o'zaro to'qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da Basradagi xalqaro stadionda boshlanadi.

Ma'lumot o'rnida, iroqliklar 3 marta mazkur musobaqada g'olib bo'lgan va 2 bor finalda yutqazgan. Ummonda esa 2 ta titul va 2 ta kumush medal bor.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia