Flik "Barselona"dan ketishni rejalashtirmayapti. Murabbiy klubda baxtli

Administrator
5 noya 2025
Xans-Diter Flik "Barselona"dan ketish niyatida emas.

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klubni tark etishni o'ylamayapti. Oldinroq nemis mutaxassisi charchaganligi sababli yozda o'z lavozimini tark etmoqchi ekani haqida xabar tarqalgandi. Uning bazi o'yinchilardan ko'ngli qolgani ham aytilgandi. Biroq, Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning yozishicha, bu ma'lumot haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Flik "Barsa"da o'zini baxtli his qilmoqda va bu loyihada ishlashni davom ettirishni xohlaydi.

Murabbiyning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.


AdministratorMuallif
Manba: x.com/Plettigoal